Shukur Fazo yangi qoʻshiq va klipini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 55
Shukur Fazo yangi qoʻshiq va klipini e'lon qildi

Afsonaviy “Fazo” guruhi solisti, hozirda Shukur Fazo taxallusi bilan ijod qilayotgan Abdushukur Abdurahmonov “Shunchali” nomli yangi qoʻshiq hamda unga ishlangan klipni e’lon qildi.

Klipda nogiron qiz va uning sevgilisi haqida hikoya qilinadi. Rollarni vayner va blogerlar — Ozodbek Manapov, Sadoqat Hamidovna, Beki va boshqalar oʻynagan.

Abdushukur Abdurahmonov nafaqat “Fazo” guruhidagi ijodi, balki “Fotima va Zuhra”, “Janob hech kim” kabi o‘zbek kinolaridagi rollari bilan ham o‘z muxlislariga ega. U 2000-yillarda “Fazo” guruhi vakili, keyinchalik Shukur Fazo taxallusi ostida qo‘shiqlar yaratib, yakkaxon xonanda sifatida tanilgan.

10 yil davomida Rossiyada yashab, ijod qilgan xonanda hozirgi kunda Toshkentda faoliyat yuritmoqda. U Afisha.uz studiyasida mehmon bo‘lib, ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob bergan edi. Toʻliq intervyuni bu yerda oʻqishingiz mumkin.