Surxondaryoda muxlis Ozoda Nursaidovaga "Lada" avtomobilini sovgʻa qildi

E’lon qilingan sana· 144
Surxondaryoda muxlis Ozoda Nursaidovaga "Lada" avtomobilini sovgʻa qildi

Surxondaryoning Termiz shahrida Ozoda Nursaidovaning muxlisi qoʻshiqchiga “Lada” avtomobilini sovgʻa qildi.

“Endi, bunisiga nima deysiz? Termizda „Lada“ berishdi!”, — deb yozdi qoʻshiqchi oʻz Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ozod Nursaidova avvalroq rezonansga sabab boʻlgan “Koʻk Jiguli” qoʻshigʻining davomi sifatida “Lada” treki va klipini e’lon qilgandi. Hozirda ushbu video YouTube platformasida 28 milliondan ortiq koʻrilgan.