Hafta artisti: Uill Smit

E’lon qilingan sana· 150
Hafta artisti: Uill Smit

Bu — Afisha.uz'ning har hafta e’lon qilib boriladigan “Hafta artisti” rukni. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha ma’lumot va e’tiborga molik ijod namunalarini ulashib boramiz. O‘ylaymizki, siz unda yangi artistlarni kashf qilasiz, avvaldan tanish bo‘lganlarini esa yaqinroq bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. “Hafta artisti"ning navbatdagi qahramoni — Uill Smit.


Uill Smit

Aktyor 1968-yil 25-sentyabr kuni AQShning Filadelfiya shahrida tugʻilgan. Uill Smit o‘rta sinf oilasida ulg‘aygan. U o‘zining soʻzga ustaligi tufayli har qanday ko‘ngilsizliklardan ustalik bilan chiqib keta olgan va shu sababli maktabda “Shahzoda” laqabini olgan. O‘qishdagi muvaffaqiyatlari tufayli Uill Smit Massachusets texnologiya institutidan stipendiya taklifini ham oladi, ammo shou-biznesdagi karyerasini afzal ko‘rib, o‘qishdan bosh tortdi.

Zamonaviy musiqaga qiziqib qolgan Smit o‘n ikki yoshidan boshlab rep musiqalar ijro eta boshlaydi. Ziyofatlarning birida u Jeff Tauns bilan uchrashadi. Tez orada ular “DJ Jazzy Jeff” va “Cool Prince” nomlari ostida birga kuylashni boshlaydi, ikkita albom chiqaradi, ulardan biri Gremmi mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Biroq Uill 18 yoshida nafaqat ishlab topgan millionlarini sarflashga, balki qarzga botib qolishga ham ulguradi. Smitni Warner Brothers prodyuserlaridan birining kutilmagan taklifi qutqarib qoladi. Repperga teleserialda bosh qahramonni, xuddi oʻzi kabi, Beverli-Xillzga tashlab ketilgan qora tanli yigit rolini o‘ynashi kerak edi. Bu serial “Fresh Prince of Bel Air” deb nomlangandi va repperni aktyorga aylanishiga hamda barcha qarzlarida qutilishiga sababchi boʻlgandi.

Ilk mashhurlikni keltirgan filmlar

Kinotanqidchilar Uill Smitni “Шесть степеней отчуждения” (1993) filmidan keyin jiddiy kuzatishni boshlashdi. Jon Gueyrning pyesasi asosida suratga olingan filmda Smit bosh qahramon Pol rolini ijro etadi. Yanada katta muvaffaqiyat 1995-yilda premyera qilingan “Yomon yigitlar” filmidan keyin keldi. Shundan soʻng aktyor karyerasi yuqoriga qarab oʻsishni boshladi.

1997-yilning yozida Smit yana repga qaytadi. Bundan tashqari, ilmiy-fantastik janrdagi “Qora libosli odamlar” blokbasterida rol oʻynaydi. 2000-yillarning boshida Smit jiddiyroq kino ishlariga e’tibor qaratdi. 2001-yilda biografik filmda Muhammad Ali rolini oʻynagan va “Oskar” mukofotiga nomzodi qoʻyilgan. Shuningdek, 2006-yildagi “Omad ortidan quvib” filmidagi roli uchun ham ushbu mukofotga nominatsiyasisi qoʻyilgan. Bu filmda Uill Smit oʻz farzandi Jeyden Smit bilan birga rol ijro etgan.

2002−2003 yillarda “Qora libosli odamlar 2” va “Yomon yigitlar 2” filmlarida rol o‘ynagan. Uill Smit hayotidagi navbatdagi eng muhim rollardan biri 2007-yilda ishlangan postapokaliptik janrdagi “Men afsonaman” filmida boʻlgan. Smit karyerasida tanaffus boʻladi va u ekranlarga 2012-yil may oyida “Qora libosli odamlar” filmi bilan qaytadi.

Film avvalgi qismdan farqli o‘laroq, oddiy tomoshabinlar va kino tanqidchilari tomonidan yaxshi baholandi. Bir yil oʻtib Shyamalanning yangi “Eramizdan soʻng” filmi chiqqadi, unda ham bosh rollarni Uill Smit va uning o‘g‘li Jeyden ijro etadi. Film tanqidchilar va tomoshabinlarning salbiy fikrlariga sabab boʻladi. Uill va Jeyden esa “Eng yomon duet” va “Eng yomon aktyorlik ijrosi” uchun “Oltin malina” sovriniga loyiq koʻriladi.

Uill Smit 2015-yilda Margo Robbi bilan birga “Fokus” filmida rol oʻynaydi. Oradan bir yil oʻtib oʻsha davrda katta mashhurlikka erishayotgan kinokomikslar olamiga qadam qoʻyadi va “Oʻz joniga qasd qiluvchilar guruhi” filmida, yana Margo Robbi bilan birga suratga tushadi. Smit mashhur rejissyor Gay Richi bilan ham ishlaydi. U 2019-yilda “Alovuddin” filmida Jin rolida koʻrinish beradi.

Oskar mukofoti va Kris Rokka tushurilgan shapaloq

Bungacha 2 marta Oskar mukofotiga nomzodi qoʻyilgan Uill Smit 2021-yilda premyera qilingan “Qirol Richard” filmida bosh rolni ijro etadi. Bosh qahramon mashhur tennischilar Serena va Venus Uilyamsning otasi hisoblanadi. Aktyor ushbu rol uchun 2022-yilda oʻzining ilk Oskar mukofotiga ega chiqadi.

Oskar mukofoti topshirilgan kunda marosim boshlovchisi, komik Kris Rok Uill Smitning xotini haqida hazil qiladi. Smit sahnaga chiqadi va Kris Rokning yuziga shapaloq tushuradi. Aktyor bu harakatlari uchun marosimda ham undan keyin ham koʻp bor uzr soʻraydi.

2024-yilda “Yomon yigitlar” filmining toʻrtinchi qismi ham ekranlarga chiqarildi. Kinokartina maqtovlarga sababchi boʻldi va jahon prokatida 403 million dollardan koʻproq pul ishlab topdi. Ushbu filmning reklama kampaniyasida Uill Smit filmdagi sherigi Martin Lourens bilan ishtirok etdi.

Filmlar

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov