Dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 328
Dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida bo‘lgan sovuq haroratdan so‘ng 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin yuqorilaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet axborot xizmati.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechlari 0…+3, 16-noyabrda +11…+13, 17-noyabrda +14…+16 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Juma kuni kunduzi havo harorati +8…+11 darajaga yetadi, yakshanba kuni esa termometr ustuni +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat biroz sekin ko‘tariladi va 0…+5 atrofida bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda −1…−2 darajagacha soviydi.

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.