Toshkentda dam olish kunlari sayr uchun ideal havo kuzatiladi
E’lon qilingan sana: · 1 401
Poytaxtda 2−3-noyabr kunlari iliq va quyoshli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.
Shanba kuni tushdan keyin quyoshli ob-havo boʻlishi va harorat +21 ° gacha koʻtarilishi prognoz qilingan. Kechasi biroz bulutli boʻladi, bunda koʻrish imkoniyati biroz pasayadi, shuningdek, harorat +9° gacha tushishi mumkin.
Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +24° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dushanbaga oʻtar kechasi sezilarli bulutli boʻladi, tutun hosil boʻlishi natijasida koʻrishning qisqarishi kuzatiladi, shuningdek, harorat +13 ° gacha pasayishi kutilmoqda.