Shanba kuni Toshkentda yomgʻir yogʻadi, yakshanba kuni esa yoʻq

E’lon qilingan sana· 632
Shanba kuni Toshkentda yomgʻir yogʻadi, yakshanba kuni esa yoʻq

26−27-oktabr, dam olish kunlari O‘zbekistonga janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtda 26-oktabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati kunduzi 25-oktabrda +18…+23, 26-oktabrda +13…+15, 27-oktabrda esa +17…+19 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.