Toshkentda harbiy parad boʻlib oʻtadi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentning asosiy ko‘chalari bo‘ylab tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tadi. Kortejlar vaqtida transport vositalari harakati to‘xtatiladi.
Harbiy boʻlinmalar “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) — Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi — “Chorsu” bozori — Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) — “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) — “Magic City” maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlanadi.
“Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.
Harbiy qismlarning tantanali yurishlari 8-may kuni soat 14:00 da G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida boshlanadi.