Toshkent markazida sharqona ertak: Basri Baba restoranining sharhi

Опубликовано· 3 479
Toshkent markazida sharqona ertak: Basri Baba restoranining sharhi

Yil boshida Toshkentda yangi turk oshxonasi restorani – Basri Baba oʼz eshiklarini ochdi. Sharq jilokorligi uslubida bezatilgan interer shirali goʼsht, xushboʼy sabzavot va shirin desertlar hamohangligida uygʼunlashadi.

Milliy uygʼunlik bilan bezatilgan restoran toʼrt qismga boʼlingan va 300 nafar mehmon uchun moʼljallangan. Siz nonushta paytida quyosh nurlari ostida yozgi ayvonda, tushlik chogʼi tabiiy yorugʼlik bilan siylangan shisha ayvonda oʼtirishingiz yoki ikki zalning birida ovqatlanishingiz mumkin.


Birinchi/asosiy ziyofatlar uchun mos boʼlgan zal yorugʼ va keng. Bu yerda mehmonlar keng kreslolar bilan jihozlangan stollarda oʼtirishadi. Ikkinchi zal sharq xonalari muhitida hashamatli divanlarda sokin suhbatlar uchun qulay.

Restoranga nafaqat mazali taom tanovuli, balki qulay muhitda asablarga dam berish uchun kelganingizda, shishali ayvon kechki ovqatga qaraganda tezda qilinadigan tushlik uchun koʼproq mos keladi.


Basri Babaning interьerida tilla dekor elementlari, shiftning rang-barang ishlov berilgani, mozaik chiroqlar va ornamental plitalari ustunlik qiladi. Devorlarda sharq ertaklari voqealari tasvirlangan. Klassik sharqona uslubni asosiy zalni ayvondan ajratib turadigan boy olov va sapfir tusdagi va shaffof pardalar toʼldirib turibdi.

Yigʼma pardalar, oʼymakorlik bilan ishlangan yumshoq divanlar va iliq yorugʼlik interьerga sirlilik bagʼishlaydi, mehmonlarni ertaklar olamiga boshlaydi. Fonli turk musiqasi sehrli uzun kechaga ohang bagʼishlab, sehrga burkangan kayfiyat kasb qiladi.


Restoranning jonli muhiti katta doʼstlar davrasi va oila aʼzolari bilan norasmiy suhbatlarni ragʼbatlantiradi. Xumor nigohlar va sokin suhbatlar bilan kechki ishqiy uchrashuvlar oʼrnini xushboʼy goʼshtga chanqoq kishilar davrasi samimiy ovqatlanish qadriyati egallaydi.

Ofitsiantlar va oshxona – bu jipslashgan katta jamoa. Endigina buyurtma berilganiga qaramay, tezda salatlar va ikkinchi taom taqdim etiladi. Chaqqon va xushmuomala ofitsiantlar taom tanlashda yordam berishadi va xoʼranda oʼtirgan stolni unutmaydilar, idishlarni oʼz vaqtida oʼzgartirib, boʼsh armudularni almashtirishni taklif qilishadi.


Menyu alohida eʼtiborga loyiqdir. Albatta, axir aksariyat hollarda biz turk taomlarining oʼziga xos va takrorlanmas uygʼunligi uchun boramiz.

Bu yerda toʼyimli nonushta, mazali gazaklar va salatlar, xushboʼy shoʼrvalar, tandirda pishirilgan taomlar, pide, sharqona shirinliklar va albatta, ochiq olovda va grilda pishgan goʼshtli taomlar tortiladi. Agar siz turk oshxonasi ashaddiy muxlisi boʼlmasangiz, bu yerda siz kichkina qiyinchilikka duch kelishingiz mumkin. Turli xil kabob, steyk va donerlarning 20 xil turidan birini tanlash oson emas, shuning uchun ofitsiant bilan maslahatlashishdan tortinmang – ular sizga nima taklif qilishni bilishadi.


Turk restoranlari mehmondoʼstligining oʼziga xos xususiyati – bu ochiq oshxona. Oshpazlarning virtuoz mahoratlarini asosiy zaldan kuzatish mumkin – xuddi shu yerdan oshpazlik shousini kuzatish imkoni paydo boʼladi.

Аnʼanaviy tandir va sharqona shirinliklar doʼkoni shundoq yaqinida joylashgan – bu yerda “mukammal” turkcha nonushta uchun hamma narsani – pishloqlar, kolbasa, zaytun va non uchun har xil surtmalar sotib olish mumkin.


Anatoliya oshxonasining barcha qonunlariga muvofiq kechki ovqat, ikki kishi uchun uchun 250 000 soʼmni tashkil etadi, 20% xizmat haqi shuning ichida. Bu narxga gazaklar, issiq taomlar, salatlar va terp choyi hamkrohligidagi desertlardan lazzatlanishingiz mumkin.

Аloqa: (+998) 99-070-1111, (+998) 99-070-0101
Niyozbek koʼchasi 6-yoʼlak, 16-uy
Restoran har kuni soat 10:00 dan 23:00gacha ochiq