Фильм

Quyosh yurti pahlavoni

Trailer
Жанр
мультфильм
Страна
Узбекистан
0
Премьера
11 января 2019 (Узбекистан) / 11 января 2019 (Россия)
Режиссер
M.Mahmudov, N.Abbosov, D.Vlasov

Описание

«Quyosh yurti pahlavoni» nomli multfilm o'zbek animatsion filmlari tarixida to'lametrajli multfilm bo'lgan ilk kartina hisoblanishi bilan alohida ahamiyatga ega. Ushbu kartina ham o'zbek xalq ertaklari motivlariga asoslangan bo'lib, unda akalari ortidan go'zal malikani yalmog'iz changalidan ozod etish uchun yo'lga chiqqan No'xatpolvon turli sinovlarga duch keladi.

Ikki boshli bahaybat ajdarho va har qanday yovuzlikka qodir yalmog'iz qahramonimiz yo'liga g'ov bo'lishga urinadi. Ammo, No'xatpolvon bundan butunlay bexabar va kuchli raqiblariga peshvoz chiqishga tayyor emas edi. Qahramonimiz ularni engish uchun qanday yo'l tutadi, kim unga yordam beradi, u o'z yurtini yovuz kuchlardan ozod eta oladimi? Film davomida bolajonlarni shu kabi savollar chulg'ab oladi.

Filmda «Quyosh yurti pahlavoni»ning ajoyib va g'aroyib sarguzashtlari orqali halollik, mehnatsevarlik, muhtojlarga yordam berish singari tarbiyaviy ahamiyatga ega ezgu g'oyalar aks ettirilgan.

Сезоны

Смотрите также