JCh-2026 saralash. Oʻzbekiston 3-bosqichda Eron, Qatar va boshqalar bilan "A" guruhidan joy oldi

E’lon qilingan sana· 165
JCh-2026 saralash. Oʻzbekiston 3-bosqichda Eron, Qatar va boshqalar bilan "A" guruhidan joy oldi

27-iyun kuni Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga saralashning 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Turnir AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi.

3-bosqichga oʻtgan 18 ta terma jamoa FIFA reytingiga qarab 3 tadan 6 ta savatchaga ajratildi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni va Iordaniya bilan birgalikda 3-savatchadan joy olgandi (bu degani bu jamoalar bir-biri bilan oʻynamaydi). Ular Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun 6 tadan uchta guruhga ajratildi.

Qur’a natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan oʻrin oldi. Umumiy qur’a natijasi quyidagicha:

“A” guruhi:

  • Eron
  • Qatar
  • Oʻzbekiston
  • BAA
  • Qirgʻiziston
  • Shimoliy Koreya

“B” guruhi:

  • Janubiy Koreya
  • Iroq
  • Iordaniya
  • Oʻmon
  • Falastin
  • Quvayt

“C” guruhi:

  • Yaponiya
  • Avstraliya
  • Saudiya Arabistoni
  • Bahrayn
  • Xitoy
  • Indoneziya

Srechko Katanes shogirdlari ilk oʻyinini 2024-yilning 5-sentyabr kuni KXDR jamoasiga qarshi Toshkentda oʻtkazadi. 3-bosqichdagi uchrashuvlar roʻyxati quyidagicha:

  • 1-tur. 5-sentyabr: Oʻzbekiston — KXDR;
  • 2-tur. 10-sentyabr: Qirgʻiziston — Oʻzbekiston;
  • 3-tur. 10-oktyabr: Oʻzbekiston — Eron;
  • 4-tur. 15-oktyabr: Oʻzbekiston — BAA;
  • 5-tur. 14-noyabr: Qatar — Oʻzbekiston;
  • 6-tur. 19-noyabr: KXDR — Oʻzbekiston;
  • 7-tur. 20-mart (2025-yil): Oʻzbekiston — Qirgʻiziston;
  • 8-tur. 25-mart: Eron — Oʻzbekiston;
  • 9-tur. 5-iyun: BAA — Oʻzbekiston;
  • 10-tur. 10-iyun: Oʻzbekiston — Qatar.

Mazkur guruhlarda 1−2-oʻrinlarni egallagan jamoalar (3 ta guruhdan jami 6 ta) toʻgʻridan-toʻgʻri Jahon chempionatiga yoʻl oladi. 3−4-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan 6 jamoa esa 4-bosqichda 3 tadan ikki guruhga boʻlinib kurashni davom ettirishadi. Bu guruhlarda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan 2 terma jamoa ham AQShga yoʻl oladi. Bu guruhlarda 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar oʻzaro kuch sinashishadi va gʻolib qit’alararo oʻtish oʻyinida oʻynaydi. Shu tariqa JCh-2026 da Osiyo qit’asidan maksimal 9 ta terma jamoa qatnashishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ