Tarixda ilk bor: Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Olimpiadaga yoʻl oldi

E’lon qilingan sana· 99
Tarixda ilk bor: Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Olimpiadaga yoʻl oldi

Futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor Olimpiadaga yoʻl oldi. Ular Qatarda oʻtayotgan U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasida Indoneziya terma jamoasini magʻlub etdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogi yarim final bosqichida indoneziyalik tengdoshlarini 0:2 hisobida magʻlub etdi.

Birinchi boʻlim oʻzbekistonlik futbolchilar ustunligida oʻtdi. Ammo Indoneziya terma jamoasi ham yetarlicha qarshilik koʻrsatishdi. Shu tariqa 1-boʻlimda hisob ochilmadi.

2-boʻlim teng kurashlar bilan boshlandi. Indoneziyaliklar 61-daqiqada hisobni ochishgandi, ammo ofsayd sababli gol bekor qilindi.

Bundan 7 daqiqa oʻtib, Muhammadqodir Hamraliyevning uzatmasidan unumli foydalangan Husayn Norchayev Oʻzbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

83-daqiqada raqib futbolchisi Jasur Jaloliddinovga nisbatan ishlatgan foli uchun qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi. Ushbu jarima zarbasidan toʻgʻridan-toʻgʻri darvozaga toʻp tepildi va darvozabonning qaytargan toʻpini Abduqodir Husanov darvozaga yoʻlladi, ustunga tegib qaytgan toʻpni raqib futbolchisi oʻzining darvozasiga joylab qoʻydi.

Oʻzbekistonlik futbolchilar turnirda oʻtkazgan 5 ta uchrashuvida ham darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Shu tariqa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi turnir finali va 2024-yil Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada yoʻllanmasini naqd qildi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvi Yaponiya — Iroq oʻrtasida boʻlib oʻtadi va ikkinchi finalchi va Olimpiada yoʻllanmasi egasi hal boʻladi. Final 3-may kuni boʻlib oʻtadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ