“Turk dunyosining ayol rassomlari” koʻrgazmasi

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida “Turk dunyosining ayol rassomlari” nomli Хalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TURKSOY — Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu ko‘rgazma turkiy xalqlar madaniy aloqalarining yorqin namunasi bo‘lib, unda TURKSOYga a’zo davlatlar — Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 21 nafar iste’dodli ayol rassomlarining asarlari namoyish etiladi. Ko‘rgazma turkiy ayol san’atkorlarining betakror ijodiy dunyosini ochib berar ekan, ularni bog‘lab turuvchi mushtarak ildizlar va madaniy qadriyatlarni san’at orqali teran his etishga chorlaydi.
Koʻrgazmaning ochilish marosimi 22-aprel kuni soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.
Kirish narxi — 10 000 soʻm.
Jadval
- Tasviriy san'at galereyasi (NBU)22-aprelseshanbaToshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2
- Tasviriy san'at galereyasi (NBU)23-aprelchorshanbaToshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2
- Tasviriy san'at galereyasi (NBU)24-aprelpayshanbaToshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2